Respublika OITSga qarshi kurashish markazi - rasmiy kanali

Respublika OITSga qarshi kurashish markazi - rasmiy kanali Rasmiy sayt
http://aids-center.uz/welcome
Telegram: t.me/RepublicanAIDScenter
Murojaat uchun:
71/276-93-25
95/036-93-25

🇺🇿 Aziz yurtdoshlar!O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Respublika OITSga qars...
21/10/2025

🇺🇿 Aziz yurtdoshlar!

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Respublika OITSga qarshi kurashish markazining ahil jamoasi Siz azizlarni samimiy muborakbod etadi!

Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Nobel mukofoti: Tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha bu yilgi sovrindorlar e’lon qilindiNobel mukofotining tibbiyot va fiziologi...
10/10/2025

Nobel mukofoti: Tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha bu yilgi sovrindorlar e’lon qilindi

Nobel mukofotining tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha 2025-yilgi sovrindorlari nomi ma’lum bo‘ldi.

Ular soni — uch nafar. Ikki nafari — AQSH olimlari Meri Brunkou va Fred Ramsdell. Yana biri — Yaponiyaning Osaka universiteti tadqiqotchisi Shimon Sakaguchi.

🔬 Ushbu kashfiyotchilar immunitet hujayralari tanamizga hujum qilishining oldini oluvchi regulyator — T-hujayralarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

💬 "Laureatlarning kashfiyotlari periferik tolerantlikni o‘rganishni boshlab berdi, saraton va autoimmun kasalliklarni davolash usullarini ishlab chiqishni rag‘batlantirdi. Bu, shuningdek, transplantatsiya samaradorligini oshirishga olib kelishi mumkin. Ushbu davolash usullarining ba’zilari hozirda klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda", — deyiladi Nobel qo‘mitasi axborotida.

📍 Laureatlarni taqdirlash marosimi 10-dekabr kuni Stokgolmda (Shvetsiya) bo‘lib o‘tadi.

09/10/2025

OIV infeksiyasiga qarshi tekshiruvdan o‘ting — bu siz va yaqinlaringiz sog‘lig‘i uchun muhim qadam.
Tekshiruv bepul, ishonchli va maxfiy.

O‘z vaqtida tekshiruv – o‘zini va yaqinlaringni asrash demak.
Bugun harakat qiling!

📍 Ma’lumot va tekshiruv uchun eng yaqin tibbiyot markaziga murojaat qiling.

‼️ Hozirgi k***a ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan va odamlarni  vaximaga soluvchi yolg‘on ma’lumotlarga aniqlik kirita...
27/09/2025

‼️ Hozirgi k***a ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan va odamlarni vaximaga soluvchi yolg‘on ma’lumotlarga aniqlik kiritamiz!
? OIV infeksiyasi odam tanasidan tashqarida qancha vaqt yashay oladi?
🗣 OIV infeksiyasi turli ichimliklar va oziq ovqatlarni iste’mol qilish orqali yuqmaydi;

🩸OIV infeksiyasi quritilgan qon tarkibida - tashqi quyoshli muxitda, ya’ni ultrabinafsha nurlari ta’sirida bir necha daqiqada yuqish faolligini yo‘qotadi;

🗣 OIV infeksiyasi – nam, sovuq havoda va quyoshsiz (ultrabinafsha nurlarisiz) muxitda bir necha kungacha yuqish faolliyatini saqlashi mumkin;

🗣 OIV infeksiyasi faqat odam organizmida yashash va ko‘payish xususiyatiga ega;

😓 OIV infeksiyasini yuqtirib olgan odamning so'lagi orqali OIV infeksiyasi yuqimaydi, agar so‘lak tarkibi qonli bo‘lsa, bu holda yuqish xavfi bo”ladi.

OIV infeksiyasidan o‘zingizni va yaqinlaringizngi asrang!

25/09/2025

Eslatma!

🔘 Har bir chet eldan qaytgan fuqaro tibbiy ko‘rikdan, jumladan OIVga tibbiy ko‘rikdan o‘tishi zarur.

🔬 Tekshiruv jarayoni atigi 10 daqiqa vaqtingizni oladi.

✅ Sog‘lig‘ingiz va atrofdagilar salomatligi uchun ushbu tekshiruvdan o‘z vaqtida o‘ting.

⚕️ Unutmang! Vaqtida tekshiruvdan o‘tish – bu o‘zingiz va yaqinlaringizni asrash demakdir.

19/09/2025
Innovatsion yondashuv: Xorazmda OITSga qarshi kurashda raqamli imkoniyatlar kengaymoqda➡️ Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash...
18/09/2025

Innovatsion yondashuv: Xorazmda OITSga qarshi kurashda raqamli imkoniyatlar kengaymoqda

➡️ Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish bosqichma-bosqich izchil tatbiq etilmoqda. Xususan, OITSga qarshi kurashish yo‘nalishida ham zamonaviy elektron axborot tizimi asosida ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Bu tizim orqali bemorlar haqida to‘liq va tizimli ma’lumotlarni yuritish, ularni monitoring qilish hamda davolash jarayonlarini samarali tashkil etish imkoniyati yaratilgan.

🧾 Yaqinda mazkur tizimga bir qator yangi funksiyalar qo‘shildi. Ularni amaliyotga tatbiq etish maqsadida Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi pilot hudud sifatida tanlab olindi.

📍 Shu munosabat bilan Respublika OITSga qarshi kurashish markazi direktori boshchiligidagi ishchi guruh Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida yangi funksiyalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi, markaz xodimlari uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, zarur ko‘nikmalar shakllantirildi.

✅ Ushbu yangilanishlar joylardagi tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishga, bemorlar bilan ishlashda samaradorlikni kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda muhim tashrif!Elektron axborot tizimi yanada takomillashmoqda O‘zbekiston Respublikasi OITSga qarshi ...
17/09/2025

Qoraqalpog‘istonda muhim tashrif!
Elektron axborot tizimi yanada takomillashmoqda

O‘zbekiston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazi direktori boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida elektron axborot kuzatuv tizimiga yangi funksiyalar joriy etish, uni yanada samarali va qulay qilish masalalari muhokama qilindi.
Yangi imkoniyatlar tizimdan foydalanishni yengillashtiradi, shaffoflikni oshiradi va epidemik jarayonlarni samarali boshqarishga xizmat qiladi.
Foydalanuvchilarning taklif va ehtiyojlari asosida kelgusidagi ishlar ham belgilab olindi.

Mazkur seminar sohani raqamlashtirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, tezkor ma’lumot almashinuvi, tahlil va qaror qabul qilish jarayonlarini yanada sifatli amalga oshirishga xizmat qiladi.

16/09/2025



OIV infeksiyasi yuqish xavfi sodir bo'lganda tibbiy yordam ko'rsatish orqali yuqishini oldini olish mumkin!

13/09/2025

Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazi quyidagi bepul va anonim tahlillarni taklif etadi:
✅ Gepatit B
✅ Gepatit C
✅ Sifilis
✅ OIV va OITS

🔹 Maxsus laboratoriya hamda mobil laboratoriyalar orqali xizmat ko‘rsatamiz.
🔹 Har bir tekshiruv maxfiylik kafolati bilan amalga oshiriladi.

✨ Unutmang: erta tashxis – sog‘lom kelajak garovi!

12/09/2025

➕ OIVni erta aniqlashda ekspress testlarning ahamiyati

✅ OIV (Odam immunitet tanqisligi virusi) keltirib chiqaradigan kasallik surunkali infeksion kasallik hisoblanadi. Uni aniqlashda birlamchi skrining laborator tekshiruvlar juda muhim o‘rin tutadi. Bunday tekshiruv usullariga quyidagilar kiradi:

✅ Ekspress testlar

✅ IFA testlar

✅ Immunoxemiluminestent testlar

🤩 Ekspress testlar qonda, so‘lakda, zardobda va plazmada qo‘llaniladi hamda boshqa testlarga nisbatan tezkor natija beradi — atigi 15–20 daqiqa ichida javob olish mumkin.

✈️ Bugungi k***a viloyatimizda maxsus mobil laboratoriya avtobusi chekka hududlargacha borib, aholiga OIV, shuningdek gepatit B va C infeksiyalariga ham tekshiruv o‘tkazmoqda. Aniqlangan hollarda tegishli davolash tadbirlari olib borilmoqda.

✨ OIV ekspress testlari — bu tezkor, oddiy va keng qo‘llaniladigan dastlabki skrining usuli bo‘lib, OITSning oldini olish va kasallikni erta aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

10/09/2025

Korrupsiya bu nima?

Bu – xalqning haqqini o‘g‘irlash, halol mehnatni qadrsizlantirish va jamiyat taraqqiyotini to‘xtatishdir.

Korrupsioner – boyib ketayotgandek ko‘rinadi, ammo aslida vijdonini, obro‘sini va kelajagini boy beradi.

Tibbiyotda esa korrupsiya – inson hayotini xavf ostiga qo‘yish, bemorning ishonchini yo‘qotish demakdir.

Halollik vaksinasi – har birimizning qalbimizda bo‘lishi shart. Uni oila, maktab va tarbiya singdiradi.

✅ Halollik – eng katta boylik, adolat va sog‘lom jamiyatning kafolati!

✊ Biz korrupsiyaga qarshimiz!

Address

16 Daha, Farhod Ko‘chasi, 12-uy
Chilanzar

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Respublika OITSga qarshi kurashish markazi - rasmiy kanali posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Share on Facebook Share on Twitter Share on LinkedIn
Share on Pinterest Share on Reddit Share via Email
Share on WhatsApp Share on Instagram Share on Telegram