dori.market

dori.market � “Беш Юлдуз ММР” га тегишли дорихоналар тармоғи рас?

❓Тишни уй шароитида оқартириш мумкинми?🦷 Тиш эмалининг сарғайиши наслий омилларга ҳам боғлиқ. Бундан ташқари, чекиш, кўп...
27/10/2025

❓Тишни уй шароитида оқартириш мумкинми?

🦷 Тиш эмалининг сарғайиши наслий омилларга ҳам боғлиқ. Бундан ташқари, чекиш, кўп миқдорда кофе истеъмол қилиш, баъзи ҳолатларда доимий ичилган кўк чой ҳам тиш рангининг ўзгаришига таъсир кўрсатади.

🦷 Тиш эмали оқлигини сақлаш учун тамакидан, рангли ичимликлар ва маҳсулотлардан воз кечиш керак. Унинг ўрнига кальцийга бой маҳсулотлар — пишлоқ, творог, сутдан кўпроқ истеъмол қилиб туриш лозим.

🦷 Шу билан бирга тўғри танланган тиш пастаси ҳам яхши самара беради. Тишни доимий тарзда тўғри тозалаш тиш юзасида турли қопламалар тўпланишининг олдини олади.

🦷 Уй шароитида тишни оқартиришга ҳаракат қилиш, тиш эмалининг таъсирлашига ҳам сабаб бўлиши мумкин. Бирор муолажани қўллашдан олдин стоматолог билан маслаҳатлашганингиз маъқул.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

📍Сочларни силлиқ, жилвакор ва майин қилувчи рецепт🔻Сочларни мустаҳкамлаш ва ўстириш учун ажойиб рецепт бор:▪️1 ош қошиқ ...
21/10/2025

📍Сочларни силлиқ, жилвакор ва майин қилувчи рецепт

🔻Сочларни мустаҳкамлаш ва ўстириш учун ажойиб рецепт бор:

▪️1 ош қошиқ канакунжут ёғи.
▪️1 ош қошиқ асал.
▪️1 дона тухум сариғи.

✔️ Ҳамма маҳсулотларни силлиқ бўлгунча аралаштиринг ва 40 дақиқа давомида соч илдизига суртиб қўйинг. Сўнгра сув ва шампунь билан ювиб ташланг.

✅ Бу ниқобдан ҳафтада 1-2 марта фойдаланиш мумкин.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

🌤 Havo ifloslanishi o‘limlarni ko‘paytirmoqdaSo‘nggi paytlarda milliardlab odamlar ifloslangan havodan nafas olmoqda, us...
20/10/2025

🌤 Havo ifloslanishi o‘limlarni ko‘paytirmoqda

So‘nggi paytlarda milliardlab odamlar ifloslangan havodan nafas olmoqda, ushbu holat yiliga 4,5 milliondan ortiq erta o‘limni yuzaga keltirmoqda. Bu haqda Jahon metereologiya tashkiloti xabar berdi.

🌍 Tashkilot butun dunyoda havo sifatining yomonlashishi davom etayotganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, oltingugurt dioksidi (SO2) va azot oksidlari (NOx) kabi asosiy ifloslantiruvchi moddalarning chiqindilari nazorat choralari tufayli kamayayotgan bo‘lsa-da, yer yuzasidagi ozon darajasi ya’ni smogning asosiy tarkibiy qismi kamaymayapti. Shu sabab, havo ifloslanishi aholi salomatligi uchun jiddiy tahdid bo‘lib qolmoqda.

📘 "Bu qisman global isishning natijasidir, chunki ozon quyosh nuri ishtirokida atmosferadagi kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo‘ladigan ikkilamchi ifloslantiruvchi moddadir", — deyiladi tadqiqotda.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

✨ Fikrlaringiz magnit kuchiga egaInson miyasi har kuni 60 mingdan ortiq fikr ishlab chiqaradi. Har bir fikr neyronlar o‘...
16/10/2025

✨ Fikrlaringiz magnit kuchiga ega

Inson miyasi har kuni 60 mingdan ortiq fikr ishlab chiqaradi. Har bir fikr neyronlar o‘rtasidagi elektr signallar hisoblanadi.

💫 Ularning faoliyati natijasida dopamin, serotonin, kortizol kabi moddalar ajraladi. Mazkur moddalar esa bizning kayfiyatimiz, xatti-harakatimizni ham belgilaydi.

Nega?
Chunki fikrlar magnit singari ishlaydi: qanday energiya taratsak, xuddi shunday energiya bizga qaytadi.

🧠 Miya doimiy ravishda to‘lqinlar chiqaradi:
• ijobiy fikrlar — xursandchilik, shukronalik va ishonch uyg‘otadi.
• salbiy fikrlar esa qo‘rquv, g‘azab va hasadni kuchaytiradi.

🧲 Magnit o‘ziga o‘xshash narsalarni qanday tortsa, bizning fikrlarimiz ham shunday qiladi:
- muvaffaqiyat haqida o‘ylagan odam imkoniyatlarni ko‘radi.
- doimiy shikoyat qiladigan odam esa faqat muammolarga duch keladi.

📕 Fikrlarni boshqarish – hayotni boshqarish degani. Buning uchun:
• shukronalik: bor narsangizni qadrlang;
• ongli nazorat: salbiy fikrni payqagan zahoti uni ijobiy alternativaga almashtiring;
• go‘zal tasavvur: o‘zingizni muvaffaqiyatli, sog‘lom va baxtli holda tasavvur eting;
• atrof-muhit: ijobiy fikrlovchi odamlar bilan muloqot qiling.

📌 Odatda, magnit singari o‘zingiz taratayotgan to‘lqinni tortasiz. Demak, bugun qanday fikrni o‘ylayotgan bo‘lsangiz, ertangi kuningiz shunday o‘tadi.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

Qizdirilgan yog‘dan qayta foydalanish saraton xavfini kuchaytirishi mumkinTaomdan qolgan yog‘ni takror ishlatish ko‘pchi...
13/10/2025

Qizdirilgan yog‘dan qayta foydalanish saraton xavfini kuchaytirishi mumkin

Taomdan qolgan yog‘ni takror ishlatish ko‘pchilik uchun odatiy holga aylangan. Ayniqsa, kartoshka, palov yoki go‘sht pishirgandan so‘ng tovada ortib qolgan moyni har safar tashlab yuborish iqtisodiy tomondan ham, maishiy qulaylik nuqtayi nazaridan ham odamlarga mantiqsizdek tuyuladi. Biroq tibbiy tadqiqotlar va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha olib borilgan izlanishlar foydalanilgan yog‘ning qayta ishlatilishi inson salomatligi uchun salbiy ta’sirlarni yuzaga keltirishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti immunitet sohasidagi kashfiyotlar uchun berildi​​​​​​​Amerikalik olimlar Meri Brunkou, ...
11/10/2025

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti immunitet sohasidagi kashfiyotlar uchun berildi

​​​​​​​Amerikalik olimlar Meri Brunkou, Fred Ramsdell va yaponiyalik olim Shimon Sakaguchi “periferik immunologik tolerantlik bo‘yicha kashfiyotlari uchun” Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

Gel va kukun qoldiqlari – zararli: idishlarni yaxshi chaymaslik organizmda kasallik keltirib chiqarishi mumkinBugungi k*...
08/10/2025

Gel va kukun qoldiqlari – zararli: idishlarni yaxshi chaymaslik organizmda kasallik keltirib chiqarishi mumkin

Bugungi k***a deyarli har bir xonadonda idish-tovoqlarni yuvish uchun turli xil kimyoviy vositalar – gel, kukun (poroshok) yoki kapsulalardan (idish yuvish mashinalarida) foydalaniladi. Ular yog‘larni tez yo‘qotishi, idishlarni yaltiratib qo‘yishi bilan qulay. Biroq mazkur vositalar tarkibidagi kimyoviy moddalar sog‘liq uchun xavfli bo‘lib, idishlar yaxshi chayilmaganda moddalar sirtda saqlanib qolishi va organizmga tushib, tanani zararlashi mumkin. Mutaxassislar idish-tovoqlarni kimyoviy vositalar bilan yuvayotganda diqqatli bo‘lish, ularning o‘rniga tabiiy mahsulotlardan foydalanishni tavsiya etadi.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

Har qanday miqdordagi alkogol demensiya xavfini oshirishi aniqlandi – yangi tadqiqot2,4 million odamning genetik, yarim ...
07/10/2025

Har qanday miqdordagi alkogol demensiya xavfini oshirishi aniqlandi – yangi tadqiqot

2,4 million odamning genetik, yarim milliondan oshiq kishining salomatlik ma’lumotlari asosida olib borilgan ilmiy izlanish “spirtli ichimliklarni kam miqdorda ichish zararsiz” degan fikrlarning noto‘g‘ri ekanini isbotladi. Yangi tadqiqotga ko‘ra, hatto oz miqdordagi alokogol ham miya salomatligi uchun xavf tug‘dirib, xotira susayishi va diqqat pasayishini yuzaga keltirishi mumkin.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

Nima uchun taomni uxlashdan 4 soat avval yeyish kerak?Odam tanasi kechasi dam olish bilan birga hazm qilish, metabolizm ...
06/10/2025

Nima uchun taomni uxlashdan 4 soat avval yeyish kerak?

Odam tanasi kechasi dam olish bilan birga hazm qilish, metabolizm va uyqu sifatini tartibga solish jarayonlarini ham davom ettiradi. Shu sababli tungi ovqatlanish va uyqu orasida yetarli vaqt masofasi bo‘lishi kerak. Mutaxassislar taomni uxlashdan taxminan 4 soat oldin yeyishni tavsiya qiladi. Bu uyqu sifatini yaxshilaydi, oshqozon va bo‘g‘imlarga ortiqcha yuk tushishini kamaytiradi hamda ertalab tetik uyg‘onishga yordam beradi.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

Tungi vaqt va noaniq grafiklarda ishlash buyrakda tosh yig‘ilish ehtimolini 15 foizga oshirishi ma’lum bo‘ldiUshbu xavf ...
04/10/2025

Tungi vaqt va noaniq grafiklarda ishlash buyrakda tosh yig‘ilish ehtimolini 15 foizga oshirishi ma’lum bo‘ldi

Ushbu xavf yosh xodimlar va jismoniy faollik talab qilinmaydigan ish bilan band bo‘lganlarda yuqori ekanligi qayd etilgan.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

Yuzdagi pardozni yuvmasdan uxlash terini qanday shikastlaydi?Ba’zan ayollar kechqurun charchoq sababli pardozlangan yuzl...
02/10/2025

Yuzdagi pardozni yuvmasdan uxlash terini qanday shikastlaydi?

Ba’zan ayollar kechqurun charchoq sababli pardozlangan yuzlarini tozalamasdan uxlab qoladi. Bu odat teri uchun eng katta zarar manbalaridan biri hisoblanadi. Dermatologlar fikricha, pardozni yuvmasdan uxlash erta qarish, yallig‘lanish va tashqi ko‘rinishdagi salbiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

Palovdan somsagacha: milliy taomlarni qay tarzda “sog‘lomlashtirish” mumkin?O‘zbek oshxonasi xilma-xil va mazali taomlar...
30/09/2025

Palovdan somsagacha: milliy taomlarni qay tarzda “sog‘lomlashtirish” mumkin?

O‘zbek oshxonasi xilma-xil va mazali taomlari bilan mashhur. Palov, somsa, manti, chuchvara, lag‘mon, shashlik va boshqa ko‘plab ovqatlar k***alik hayotimiz hamda marosim dasturxonlarining muhim qismi sanaladi. Biroq tibbiyot nuqtai nazaridan qaralganda, ularning yuqori kaloriyali, yog‘li va sho‘r bo‘lishi salomatlikka zarar yetkazib, yurak-qon tomir kasalliklari, ortiqcha vazn hamda qandli diabet xavfini oshirishi mumkin. Ushbu maqolada milliy taomlar mazasini o‘zgartirmasdan, ularni sog‘lomroq tarkib asosida tayyorlash usullari haqida to‘xtalamiz.

Яқинларга улашинг!
👉https://t.me/+qa8RU1H9-983MTEy

Address

Andjija
Shakhrikhan

Telephone

+998335000303

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when dori.market posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Practice

Send a message to dori.market:

Share

Share on Facebook Share on Twitter Share on LinkedIn
Share on Pinterest Share on Reddit Share via Email
Share on WhatsApp Share on Instagram Share on Telegram