17/12/2021
Ko'z yoshini o'rnini nima bosishi mumkin?
Avvalo, nima uchun tabiiy ko'z yoshini ba'zan o'rnini bosish yoki, aksincha, to'ldirish kerakligi haqida bir necha so'z.
🔹 Ba'zida ko'zlar yetarli darajada namlanmaydi, chunki tabiiy ko'z yoshini ishlab chiqarish kamayadi (masalan, oftalmologik amaliyotlardan so'ng).
🔹 Ba'zida ko'z yoshining tarkibi o'zgaradi va u namlantirish vazifasini bajarmaydi (masalan, avtoimmun kasalliklar yoki gormonal dorilarni qabul qilish chog'ida).
🔹 Ko'pincha, kompyuterda ishlayotganda ko'ruv zo'riqishini ortishi tufayli biz kamroq kiprik qoqamiz, shuning uchun tabiiy ko'z yosh pardasi tiklanishga ulgurmaydi va asta-sekin surunkali quruq ko'z hissi rivojlanadi.
Bularning barchasida turli darajadagi quruq ko'z sindromi (yoki kasalligi) bo'lishi mumkin.
Shunday qilib, ko'z yoshlar o'rnini nima bosishi mumkin?
☝️ Faqat tuzli eritmalar bilan emas! Ha, tabiiy ko'z yoshi tarkibida tuzlar saqlaydi, lekin bundan tashqari, tarkibida ko'z yuzasi namligini saqlab qolish uchun muhim bo'lgan boshqa moddalar, shu jumladan yog'lar ham mavjud. 1960-yillarda ko'zlarni namlash uchun sinab ko'rilgan oddiy tuzli eritmalar o'ziga o'rganish hosil qilgan va hatto battar quruqlikni orttirgan. Yaxshiyamki, bu dorilar hozirda qo'llanilmaydi.
💧 Zamonaviy ko'z yoshi o'rnini bosuvchi vosita (shuningdek, namlovchi ko'z tomchilari yoki sun'iy ko'z yoshi) ko'pincha gialuron kislotasining oftalmologik eritmasi yohud kation emulsiya ko'rinishida bo'lishi mumkin. Shuningdek, shifokorning retsepti bo'yicha, qo'shimcha ravishda boshqa faol moddalarni o'z ichiga olgan ko'z tomchilaridan foydalanish mumkin.
Biroq, gialuron kislotasiga asoslangan preparatlar ko'p yillar davomida ko'z yoshi uchun optimal "o'rnini bosuvchi" deb tan olingan. Ushbu tarkibga ega eritmani tanlashda, siz quyidagi omillarga e'tibor berishingiz kerak:
✔️ tarkibidagi konservantlar (ular mavjud bo'lmasligi kerak)
✔️ kontakt linzalarni taqish bilan mos kelishi (agar siz ularni taqsangiz)
✔️ flakonni ochgandan keyin foydalanish uchun yaroqlilik muddati (3-6 oy bo'lsa ayni muddao)
Ko'z yoshini qanday o'rnini bosish mumkinligini bilarmidingiz? 👇
PP-SANTEN-UZ-0005