Toshkent davlat tibbiyot universiteti

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ташкентская медицинская академия - официальная страница

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2025-yil 22-aprelda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti va Toshkent Davlat Stomatologiya Institutining qo‘shilishi natijasida tashkil etilgan.

24/09/2025

1-bosqich talabalari va mentorlar uchrashuvining 3- va 4-kunlari bo‘lib o‘tdi

Mentorlik loyihasining ikkinchi kuni talabalarga yanada amaliy va interaktiv tarzda o‘tdi.

🎥Jarayon tafsilotlarini videorolik orqali tomosha qilishingiz mumkin.

1-bosqich talabalari va mentorlar uchrashuvining 3- va 4-kunlari bo‘lib o‘tdiLoyiha davomida mashg‘ulotlar yanada amaliy...
24/09/2025

1-bosqich talabalari va mentorlar uchrashuvining 3- va 4-kunlari bo‘lib o‘tdi

Loyiha davomida mashg‘ulotlar yanada amaliy va interaktiv ruhda tashkil etildi.

3- va 4-kunlari davomida talabalar:
🔹 Talabalar birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashdi;
🔹 amaliy mashg‘ulotlarda xirurgik tikish va boshqa ko‘nikmalarni mentorlar rahbarligida bajarib ko‘rishdi;
🔹 jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha treninglarda qatnashdilar.

Shuningdek, ular universitetdagi ilmiy klublar, ijtimoiy loyihalar va talabalarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar.

Ushbu bosqich yangi talabalarga nazariy bilim bilan birga amaliy tajriba orttirish, shuningdek, universitet hayotiga faol moslashish imkonini berdi.

Toshkent davlat tibbiyot universitetining Pediatriya kampusida universitet Ilmiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘l...
24/09/2025

Toshkent davlat tibbiyot universitetining Pediatriya kampusida universitet Ilmiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Kun tartibida 2024-2025 o‘quv yili bahorgi semestr yakuni bo‘yicha talabalarning fanlarni o‘zlashtirish natijalari tahlili, kredit-modul tizimiga asoslangan o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, universitetning xalqaro va mahalliy reytinglarga kirish bo‘yicha oldida turgan vazifalari hamda iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qilingan ishlar va rejalar.

Yig‘ilishda professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida lavozim va ilmiy unvonlarga saylash, dissertatsiya, monografiya, o‘quv-uslubiy ishlar mavzularini tasdiqlash hamda ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, yig‘ilishda ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga ega bo'lgan professor-o'qituvchilarga diplom topshirish, nufuzli xalqaro va respublika tanlovlarida g'olib bo'lgan talaba-yoshlarni taqdirlash jarayonlari amalga oshirilmoqda.

24/09/2025

Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universitetining Pediatriya kampusida universitet Ilmiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

🎥Jarayon tafsilotlarini videorolik orqali tomosha qilishingiz mumkin.



✅Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

1-bosqich talabalari uchun tanishtiruv darsiJoriy yil 22-sentyabr kuni Farmatsiya, Menejment, Tibbiy biologik ish, Bioti...
24/09/2025

1-bosqich talabalari uchun tanishtiruv darsi

Joriy yil 22-sentyabr kuni Farmatsiya, Menejment, Tibbiy biologik ish, Biotibbiyot muhandisligi va Oliy hamshiralik ishi fakultetida 1-kurs talabalari uchun an’anaviy “1-kurs maktabi” o‘tkazildi.

Tadbirda fakultet dekani K.E. Shomurodov, dekan muovinlari va tyutorlar ishtirok etib, talabalarga universitet va fakultet tarixi, ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalar, baholash tizimi, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar hamda yoshlar siyosati yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumot berdilar.

Shuningdek, talabalar savollariga javoblar berildi. “1-kurs maktabi” dasturi ularning yangi muhitga moslashuvi va universitet hayotida faol ishtirok etishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Toshkent davlat tibbiyot universitetida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvUniversitetda talaba-yoshlar ongida sog‘lom dunyoqara...
24/09/2025

Toshkent davlat tibbiyot universitetida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv

Universitetda talaba-yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish maqsadida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi Melikuziyev Jahongir Valijanovich ishtirok etib, talaba-yoshlarga yurtimiz tinchligi, farovonligi va barqaror rivoji yo‘lida barchaning birdek mas‘ulligi, turli yot g‘oyalarga qarshi kuchli ma‘naviyat bilan kurashish lozimligi haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, universitet birinchi prorektori T.A. Bobomuratov va rektor maslahatchisi D.N. Kirgizbayev bo‘lajak shifokorlarni tashqi ko‘rinish va odob-ahloq me’yorlariga rioya etish, ota-onalar va ustozlar bergan qimmatli bilim hamda tarbiyani qadrlashga undadi. Ular talabalardan Respublikamizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, jumladan Toshkent davlat tibbiyot universitetida mavjud shart-sharoitlardan oqilona foydalanib, tibbiyot sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlariga umid bildirdilar.

Tadbir yakunida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar ijtimoiy tarmoqlardagi taqiqlangan saytlarni qanday farqlash, kalit so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish va diniy-ma’rifiy ma’ruzalarni ishonchli manbalardan olish masalalari yuzasidan atroflicha javob oldilar.

Toshkent davlat tibbiyot univresitetiga Eron Islom Respublikasining Shahid Behishtiy nomidagi tibbiyot fanlari universit...
23/09/2025

Toshkent davlat tibbiyot univresitetiga Eron Islom Respublikasining Shahid Behishtiy nomidagi tibbiyot fanlari universiteti vakillari tashrif buyurdi

Toshkent davlat tibbiyot univresitetiga Shahid Behishtiy nomidagi tibbiyot fanlari universiteti rahbariyati tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitetlar o‘rtasida farmatsevtika sohasida o'zaro hamkorlik qilish, universitet professor-o'qituvchilari va talabalarining o'zaro almashinuv dasturlarini amalga oshirish, qo'shma ilmiy tadqiqotlar olib borish va ilmiy maqolalar chop etish hamda kelgusida universitetlar o'rtasida hamkorlik shartnomasini imzolash masalalari muhokama qilindi.

Germaniyalik taniqli ortoped va umurtqa jarrohiga Toshkent davlat tibbiyot universitetining "Faxriy professori" unvoni b...
23/09/2025

Germaniyalik taniqli ortoped va umurtqa jarrohiga Toshkent davlat tibbiyot universitetining "Faxriy professori" unvoni berildi

Professor Dr. Oetke bir necha oylardan beri o'zining uzoq yillik tajribasi davomida ortirgan bilim va ko'nikmalarini qiziqarli ma'ruzalari orqali universitetimiz professor-o'qituvchilari, magistrlari, klinik ordinatorlari va talabalariga ulashib kelmoqda.

Toshkent davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan navbatdagi uchrashuvda Germaniyalik taniqli ortoped va umurtqa jarrohiga Dr. Oliver Oetkega universitetning "Faxriy professori" diplomi topshirildi.

Mazkur tadbir davomida ham tajribali professor tomonidan zamonaviy ortopediya va umurtqa jarrohligining dolzarb muammolariga bag'ishlangan navbatdagi ma'ruza o'qildi hamda ma'ruza so'ngida tinglovchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Kelgusida ham professor bilan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va xalqaro tajriba almashinuvlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Belarus Respublika gigiyena, epidemiologiya va jamoat salomatligi markazi bilan hamkorlik o‘rnatildiToshkent davlat tibb...
23/09/2025

Belarus Respublika gigiyena, epidemiologiya va jamoat salomatligi markazi bilan hamkorlik o‘rnatildi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Belarus Respublika gigiyena, epidemiologiya va jamoat salomatligi markazi o‘rtasida o‘zaro Hamkorlik Shartnomasi imzolandi.

Imzolangan shartnoma tibbiy-profilaktika, gigiyena, epidemiologiya va jamoat salomatligi sohalarida o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, o'zaro ilmiy-amaliy tadbirlarda qatnashish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikka yo‘l ochadi.

Ma’lumot uchun: Belarus Respublika gigiyena, epidemiologiya va jamoat salomatligi markazi – mamlakatda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlovchi davlat muassasasi hisoblanadi. Markaz 1968-yil tashkil etilgan bo'lib, ilmiy tadqiqotlar, tibbiy-profilaktika, gigiyena, epidemiologiya va jamoat salomatligi bo‘yicha xalqaro loyihalar, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va kasalliklarning oldini olish kabi salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda..

Abu Ali ibn Sino nomidagi texnikumlarni qo‘llab-quvvatlash davom etmoqdaToshkent davlat tibbiyot universitetining “Ichki...
22/09/2025

Abu Ali ibn Sino nomidagi texnikumlarni qo‘llab-quvvatlash davom etmoqda

Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Ichki kasalliklar, endokrinologiya” kafedrasi va 2-son Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi “Klinik fanlar” kafedrasi o‘rtasida navbatdagi ilmiy-amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Uchrashuvda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, o‘quv-uslubiy tajriba almashish va kelgusidagi rejalarni belgilash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar hamkorlikni davom ettirish va raqobatbardosh tibbiy kadrlar tayyorlashda birgalikda ishlashga kelishib oldilar.

22/09/2025

Toshkent davlat tibbiyot universitetida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida profilaktik tadbir o'tkazildi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshqarmasi bilan hamkorlikda universitet mas'ullar hamda talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talabalar ishtirokida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholining xavfsizligini ta’minlashga bag'ishlangan profilaktik tadbir o'tkazildi.

🎥Jarayon tafsilotlarini videorolik orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Toshkent davlat tibbiyot universitetida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida profilaktik tadbir o'tkazildiToshkent ...
22/09/2025

Toshkent davlat tibbiyot universitetida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida profilaktik tadbir o'tkazildi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshqarmasi bilan hamkorlikda universitet mas'ullar hamda talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talabalar ishtirokida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholining xavfsizligini ta’minlashga bag'ishlangan profilaktik tadbir o'tkazildi.

🔹Mazkur tadbirda is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash maslalari muhokama qilindi va targ‘ibot ishlari olib borildi.

🔺Shuningdek, tadbirda mas'ul xodimlar tomonidan yong'in havfsizligi, is gazidan zaharlanish xavfi, gaz qurilmalaridan foydalanishda ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilish hamda yong‘in xavfsizligi qoidalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ushbu profilaktik tadbirning maqsadi — kuz-qish mavsumida xavfsizlikni ta’minlash, aholining ogohligini oshirish va noxush holatlarning oldini olishdan iborat.

Address

Forobiy Ko'chasi 2
Tashkent
100109

Opening Hours

Monday 08:00 - 18:00
Tuesday 08:00 - 18:00
Wednesday 08:00 - 18:00
Thursday 08:00 - 18:00
Friday 08:00 - 18:00
Saturday 08:00 - 15:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Toshkent davlat tibbiyot universiteti posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Practice

Send a message to Toshkent davlat tibbiyot universiteti:

Share

Share on Facebook Share on Twitter Share on LinkedIn
Share on Pinterest Share on Reddit Share via Email
Share on WhatsApp Share on Instagram Share on Telegram