Doctor Hikmatov Jasur

Doctor Hikmatov Jasur Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Doctor Hikmatov Jasur, Surgeon, Bukhara.

https://www.youtube.com/shorts/zaHyXCu6p0Q📚✨ 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak! ✨📚Bugun hayotimizning en...
01/10/2025

https://www.youtube.com/shorts/zaHyXCu6p0Q

📚✨ 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak! ✨📚

Bugun hayotimizning eng nurli insonlari – bilim va tarbiya beruvchi ustoz va murabbiylarimizning bayrami! 🌸
O‘qituvchilar — hayot yo‘limizni yoritib turuvchi mash’aldirlar. Ularning sabr-toqati, mehr-muhabbati va fidoyiligi tufayli biz ilm olamiz, komil inson bo‘lib ulg‘ayamiz. 🙏
Hurmatli ustoz va murabbiylar! Sizlarga mustahkam sog‘lik 🏵, cheksiz baxt 😊, ishlaringizda omad va zafarlar tilaymiz. Sizning mehnatingiz har doim yuksak qadrlanadi, qalblarda abadiy iz qoldiradi. 💐
🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar! 🎉

✈️ Telegram https://t.me/DrHikmatovJS_channel
📺 YouTube https://www.youtube.com/.hikmatovjs
🌐Facebook https://www.facebook.com/Dr.HikmatovJS
📷 Instagram https://www.instagram.com/dr.hikmatovjs
🧰LinkedIn https://www.linkedin.com/in/drhikmatovjs

#⃣

📚✨ 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak! ✨📚Bugun hayotimizning eng nurli insonlari – bilim va tarbiya beruvchi ustoz va murabbiylarimizning ba...

https://youtube.com/shorts/8KDaK-7EIUI?feature=shareBurun, quloq va tomoq kasalliklari endi ishonchli qo‘llarda!Hurmatli...
06/09/2025

https://youtube.com/shorts/8KDaK-7EIUI?feature=share

Burun, quloq va tomoq kasalliklari endi ishonchli qo‘llarda!

Hurmatli kursdoshimiz, qadrdon do‘stimiz va malakali mutaxassis Dr. Azamat Baxronovni yangi ochilgan “Dr. Baxronov LOR” xususiy otorinolaringologiya klinikasining faoliyat boshlashi bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 🌟

Ushbu klinika — bilim, tajriba va fidoyilikning samarasi bo‘lib, burun, quloq va tomoq kasalliklarining zamonaviy diagnostika va samarali davolash usullarini taklif etadi.

Endi bemorlar uchun:
👉 Burun bitishi
👉 Quloq esh*tishidagi muammolar
👉 Allergik rinit va boshqa LOR kasalliklarining ishonchli yechimi “Dr. Baxronov LOR”da!

📍 Manzil: Buxoro sh. 5-kichik nohiya, Orbitani yo'lida
📞 Aloqa: +998934509966

Do‘stimizga klinika ishida ulkan muvaffaqiyatlar, bemorlarga esa sog‘liq va shifo tilaymiz!

#⃣

Burun, quloq va tomoq kasalliklari endi ishonchli qo‘llarda!Hurmatli kursdoshimiz, qadrdon do‘stimiz va malakali mutaxassis Dr. Azamat Baxronovni yangi ochil...

https://www.youtube.com/watch?v=1vVDhPesFbsYurtimiz ozodligi barhayot, Ona Vatanimiz tinchligi va ravnaqi abadiy bo‘lsin...
01/09/2025

https://www.youtube.com/watch?v=1vVDhPesFbs
Yurtimiz ozodligi barhayot, Ona Vatanimiz tinchligi va ravnaqi abadiy bo‘lsin!

Bugun biz tariximizdagi eng ulug‘ va qadrli sanalardan biri — Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligini katta quvonch va iftixor bilan nishonlamoqdamiz. Mustaqillik bizga ozod va erkin hayot, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yangicha taraqqiyot yo‘lidan borish imkonini berdi.
Ona yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, kelajagimiz yorqin bo‘lsin! Har bir xonadonga baxt, sog‘lik va baraka yor bo‘lsin!

#️⃣

✈️ Telegram https://t.me/DrHikmatovJS_channel
📺 YouTube https://www.youtube.com/.hikmatovjs
🌐 Facebook https://www.facebook.com/Dr.HikmatovJS
📷 Instagram https://www.instagram.com/dr.hikmatovjs
🧰 LinkedIn https://www.linkedin.com/in/drhikmatovjs

Yurtimiz ozodligi barhayot, Ona Vatanimiz tinchligi va ravnaqi abadiy bo‘lsin!Bugun biz tariximizdagi eng ulug‘ va qadrli sanalardan biri — Vatanimiz mustaqi...

Ilmiy faoliyatim jarayonida doimiy qo‘llab-quvvatlovi, bebaho yordami va samimiy ishonchi uchun, avvalo, institutimiz ra...
31/08/2025

Ilmiy faoliyatim jarayonida doimiy qo‘llab-quvvatlovi, bebaho yordami va samimiy ishonchi uchun, avvalo, institutimiz rahbari — professor Sh.J.Teshaev, Ilmiy kengash raisi — professor Sh.T.O‘roqov hamda Ilmiy Kengash a’zolariga, ustozimiz professor S.S.Davlatovga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Ilmiy rahbarlarim — professor B.Z.Xamdamov va rahmatli professor Sh.N.Xudaybergenovlarning ustozona yo‘l-yo‘riqlari, taqrizchilarning qimmatli mulohazalari, opponentlar — U.P.Nabieva hamda O.Dj.Eshonxodjaevning fikr-mulohazalari men uchun katta maktab bo‘ldi.
Shuningdek, meni har doim ruhlantirib kelgan onam, mehribon tog‘am, sadoqatli turmush o‘rtog‘im, aziz qarindoshlarimga, Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi va 2-xirurgiya bo‘limi jamoasi hamda barcha hamkasblarimga samimiy tashakkurimni izhor etaman.
Sizlarning doimiy e’tibor, mehr va ko‘magingiz bu yutuqlarga erishishimda katta kuch bo’lib turdi.

23/07/2025

🇹🇷🤝🇺🇿 Turkiya va Buxoro torakal jarrohlarining tarixiy uchrashuvi!
📅 2025-yil 6-iyul kuni Buxoro shahri yana bir bor xalqaro tibbiy hamkorlik maydoniga aylandi! Shahrimizga Turk tibbiyotining yetakchi arboblari — Türk Göğüs Cerrahisi Derneği Yönetim Kurulu (Turk Torakal Jarrohlik Jamiyati Boshqaruv Kengashi) Raisi Prof. Dr. Atilla Eroğlu, Türk Devletleri Göğüs Cerrahi Birliği Araştırma Grubu (Turk Davlatlari Torakal Jarrohlik Jamiyati Tadqiqot Guruhi) asoschilari Prof. Dr. Aydın Şanlı va Prof. Dr. Levent Cansever tashrif buyurdilar.
🏛 Madaniy tashrif doirasida mehmonlarimiz qadim va betakror Buxoro shahrining tarixiy yodgorliklari bilan yaqindan tanishdilar. Ulug‘ ajdodlarimiz merosi, me’moriy durdonalar va muqaddas zamin mehmonlarimizda chuqur taassurot qoldirdi.
🫀💬 Uchrashuv chog‘ida torakal jarrohlik sohasida ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tadqiqotlar va akademik almashinuv masalalari muhokama qilindi. Bu muloqot ikki xalq jarrohlarining do‘stlik aloqalarini mustahkamlab, tibbiy sohadagi yangi imkoniyatlarga yo‘l ochdi.
📣 Biz mehmonlarimizga kelgusidagi ilmiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz va samimiy hamkorligimiz bardavom bo‘lishiga ishonamiz!
🟢 Buxoro – tibbiy hamkorlikning yangi manzili!

🚀Telegram https://t.me/DrHikmatovJS_channel
🌐Facebook https://www.facebook.com/Dr.HikmatovJS
📷Instagram https://www.instagram.com/dr.hikmatovjs
🧰LinkedIn https://www.linkedin.com/in/drhikmatovjs

#️⃣

Address

Bukhara
200121

Telephone

+998914148886

Website

http://megamedportal.uz/, https://t.me/DrHikmatovJS_channel

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Doctor Hikmatov Jasur posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Practice

Send a message to Doctor Hikmatov Jasur:

Share

Share on Facebook Share on Twitter Share on LinkedIn
Share on Pinterest Share on Reddit Share via Email
Share on WhatsApp Share on Instagram Share on Telegram