Welcome clinik Uz

Welcome clinik Uz ⚕ Ixtisoslashgan Gepatologiya Markazi
◽ Statsionar davolanish

❗️Jigar kasalliklari belgilariJigar hazm qilish uchun juda muhim organ hisoblanadi hamda yog'lar va xolesterolni parchal...
28/03/2023

❗️Jigar kasalliklari belgilari

Jigar hazm qilish uchun juda muhim organ hisoblanadi hamda yog'lar va xolesterolni parchalashga yordam beradigan moddalarni ishlab chiqarish uchun javobgardir. Jigar dori-darmonlarni, gormonlarni, ozuqaviy moddalarni qayta ishlaydi va immunitetni tartibga solish orqali infektsiyalarni oldini oladi, bu orqali esa qonni zararsizlantiradi va temirni saqlaydi.

Jigar kasalligining og'irligiga qarab sezilarli va sezilmaydigan alomatlar bo'lishi mumkin.
Quyida bir nechta sezilarli alomatlar bilan tanishamiz:
▪️Sarg'ish ko'zlar va teri
▪️Ekstremitalarda va qorin bo'shlig'ida shish va og'riq
▪️Siydik (odatdagidan quyuqroq) va axlat rangining o'zgarishi (odatdagidan oqargan) 
▪️Dam olishdan keyin ham charchoq
▪️Terining ko'karishi va qichishi
▪️Tinimsiz ko'ngil aynishi, qusish yoki ishtahani yo'qotish

Yuqoridagi kabi holatlarda zudlik bilan shifokor ko'rigiga borishingiz lozim! Kasallik qancha erta aniqlansa, davolash ham shunchalik osonlashadi ✔️

Welcome Clinic – sog'ligingizni ishonib topshirishingiz mumkin bo'lgan eng yaxshi manzil🤩

📍Manzil:Yunusobod t, 19-kv. Dehqonobod k 5
📞+998 95 144 99 33
📞+998 95 502 40 40

Saratonga qarshi birgalikda kurashamiz!✊️❗️Jigar saratoni – bu xavfli o'smadir. U birlamchi va ikkilamchi turlarga ajrat...
15/03/2023

Saratonga qarshi birgalikda kurashamiz!✊️

❗️Jigar saratoni – bu xavfli o'smadir. U birlamchi va ikkilamchi turlarga ajratiladi: organning o'zidagi hujayralaridan yoki boshqa organdan birlamchi o'smaning metastazlari (tarqalishi) tufayli yuzaga keladi.
Eng ko'p tarqalgan turi – metastatik jigar saratonidir.

Erkaklar onkopatologiyaning rivojlanishiga uch baravar ko'proq moyilligi isbotlangan📈

▪️Jigar serrozi, qandli diabet, oshqazon-ichak muammolaridan aziyat chekuvchi insonlarda jigar saratoniga yo'liqish ehtimoli yuqori hisoblanadi▪️

Ammo saratonni davolash mumkin va unga qarshi kurashish lozim❗️ Agar sizni shunday dard qiynayotgan bo'lsa, unutmang, siz yolg'iz emassiz va dunyoga keraksiz!

Tushkunlikka tushmang va haqiqiy mutaxassislarni hamda eng yaxshi texnologiyalarni o'zida jamlagan Welcome klinikamizga murojaat qiling!

📍Manzil:Yunusobod t, 19-kv. Dehqonobod k 5
📞+998 95 144 99 33
📞+998 95 502 40 40

Yuqoridagi ma'lumotlar foydali bo'lgan bo'lsa, yaqinlaringiz bilan ulashishni unutmang✔️

🇺🇿 🇷🇺

Tamakining jigar uchun xavfli tomonlari❗️Tamaki tutunida minglab birikmalar mavjud bo'lib, jigar ularning har birini tok...
09/03/2023

Tamakining jigar uchun xavfli tomonlari❗️

Tamaki tutunida minglab birikmalar mavjud bo'lib, jigar ularning har birini toksik moddalardan tozalashi kerak, shunda ular qonga xavfsiz tarzda kirib boradi✅️

🩸Ammo jigar ularning barchasini sintezlab ulgurmaydi: nikotin va smolani zararsizlantirayotganda, minglab boshqa moddalar nafaqat jigarga, balki butun tanaga zarar yetkazib ulguradi.
Ular qonga tozalanmagan holda kirib oladi va natijada turli organlarni zararlaydi, insonning o'zini yomon his qilishiga va surunkali kasalliklarga olib keladi.Bundan tashqari, zararsizlantirilganiga qaramay, nikotin baribir jigarga xavf soladi😔

Tamaki tutuni ta'sirida nafaqat jigar, balki metabolik jarayonlar ham buziladi va kerakli fermentlar yetishmasligi boshlanadi.

Shunday ekan, azizlar, iloji boricha zararli odatlardan yiroq bo'ling! O'zingiz va yaqinlaringiz sog'ligini asrang💫

Address

Yunusobod
Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Welcome clinik Uz posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Share on Facebook Share on Twitter Share on LinkedIn
Share on Pinterest Share on Reddit Share via Email
Share on WhatsApp Share on Instagram Share on Telegram