23/10/2025
Meningokokk infeksiyasiga profilaktik laborator tekshiruv o'tkazildi
Meningokokk infeksiyasi meningokokklar qo'zg'atadigan, havo-tomchi yo'li orqali yuqadigan, o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, burun va halqum shilliq pardasining yallig'lanib zararlanishi (nazofaringit), bosh miya yumshoq pardasining yiringli yallig'lanishi (yiringli meningit), gemorragik toshmalar bilan kechuvchi meningokokk sepsisi (meningikokksemiya) bilan namoyon bo'ladi. Meningokokk infeksiyasini epidemik jarayonini uzluksiz davom etishida sog'lom tashuvchilar va nazofaringit bilan kasallangan shaxslarning o'rni juda ahamiyatli. Sababi bu guruhdagi shaxslar meningokokk infeksiyasi bilan kasallangan bemorlardan 100 barobar ko'p bo'lib, ular sog'lom odamlar, sog'lom bolalar jamoalarida kasallikdan bexabar holda bo'lishlari mumkin.
♦️Sanepidqo‘mita Sergeli tuman bo'limi bakteriolog mutaxassislari tomonidan yillik rejaga asosan meningokokk kasalligiga profilaktik laborator tekshiruvar o'tkazilmoqda. Jumladan: 68-sonli umumta'lim maktabda o'quvchilar o'rtasida meningokokk kasalligini manifest turi bilan kasallanganlarni hamda meningokokk infeksiyasi tashuvchilarini faol aniqlash maqsadida bolalarning burun halqumidan surtma namunalari olinib, bakteriologik tahlillarga qo'yildi. Tahlil natijalariga ko'ra meningokokk tashuvchilari va manifest turi bilan kasallanganlar aniqlanmadi.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar
boshqarmasi Sergeli tuman bo‘limi jamoatchilik bilan ishlash bo‘linmasi