Psixologiya Dunyosi

Psixologiya Dunyosi Etika, ahloq va ilmiy qadriyatlar bilan psixologiya bo‘yicha kontent yaratuvchi ijtimoiy tadbirkorlik tarmog‘i 🧠

Hayotdagi eng yaxshi hamroh o‘zingizsiz. Siz uni yarim yo‘lda tashlab ketmasangiz, u sizni aslo yarim yo‘lda tashlab ket...
29/10/2025

Hayotdagi eng yaxshi hamroh o‘zingizsiz. Siz uni yarim yo‘lda tashlab ketmasangiz, u sizni aslo yarim yo‘lda tashlab ketmaydi. Shuning uchun o‘zingizni yaxshi ko‘ring.

Xo‘sh, siz o‘zingizni chindan yaxshi ko‘rasizmi?

28/10/2025

Ko‘pincha biz ota-onamizni hamma narsani biladi deb o‘ylaymiz. Aslida esa, ular ham bir vaqtlar ko‘p orzulari bo‘lgan bolakay va qizaloq boʻlishgan. Hayotni ular ham birinchi marta biz kabi o‘rganishgan va hali ham o‘rganishyapti. Ular ko‘p sinovlardan o‘tishgan, biz bilmagan og‘riqlarni bizdan saqlashgan. Chunki bizga eng yaxshisini berishga harakat qilishgan. Ammo ularning ham kamchiliklari, xatolari bor xuddi biz kabi. Shuning uchun biz ota-onamizni ko‘proq tushunishimiz va sabr bilan yondashishimiz kerak. Ular ham inson. Eng muhimi — bir-birimizni tushunishga harakat qilish.
Eslab qoling: ota-onamiz mukammal qahramonlar emas balki hayotni biz kabi birinchi marta o‘rganib yashayotgan insonlardir. 🫂

Qilishingiz kerak bo‘lgan birgina narsa bor, u ham bo‘lsa kuzatish.  Bular sizga uning ruhi qayerda va qanday ekanligini...
27/10/2025

Qilishingiz kerak bo‘lgan birgina narsa bor, u ham bo‘lsa kuzatish. Bular sizga uning ruhi qayerda va qanday ekanligini ko‘rsatadi.

Qo‘shimcha fikrlaringiz bo‘lsa izohlarda kutib qolamiz!

24/10/2025

🔹 A varianti – Tabassum qilayotgan yuz
Siz tashqaridan doimo quvnoq, ijobiy va moslashuvchan bo‘lib ko‘rinasiz.
Odamlarga energiya ulashasiz ammo bu tabassumingiz ortida ko‘pincha hech kimga bildirmagan charchoqlaringiz saqlanib yotadi. Ichingizda chuqur xotirjamlik va muvozanat izlaysiz. Boshqalarni xursand qilishga urinib, ba’zida o‘zingizni unutib qo‘yishingiz ham mumkin.
🔹 B varianti – Jahl va qat’iy nigoh
Siz chegaralari aniq, o‘zingizni osonlikcha ezdirmaydigan insonsiz. Adolatsizlik sizni g‘azablantiradi. Odamlarga ishonishingiz uchun vaqt kerak chunki o‘tmishda juda qattiq hafsalangiz pir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Tashqaridan sovuq insondek ko‘rinsangiz ham, yuragingizda hali ham kuchli his-tuyg‘ular yashaydi.
🔹 C varianti – Sovuq va ifodasiz yuz
Siz his-tuyg‘ularingizni ichingizda saqlaydigan, osonlikcha tushunib bo‘lmaydigan shaxssiz.
Odamlar sizni anglashda qiynalishlari mumkin, chunki ko‘p hissiyotlaringizni ichingizda saqlaysiz. Ammo ichingizda doimo fikrlaydigan, kuzatadigan va tahlil qiladigan kuchli ong yashaydi. Sokinligingiz esa bu himoya mexanizmingiz hisoblanadi.
🔹 D varianti – Ranjigan va g‘amgin nigoh
Siz nozik yuragingiz bilan dunyoni juda jiddiy qabul qilasiz. Mayda detallar ham sizni ranjitishi mumkin. Muhabbat va e’tiborga chanqoqligingiz bor lekin yuragingizda oson unuta olmaydigan hislar yashaydi. Endi o‘zingizga qaytishingiz, ichingizdagi bolakay bilan yarashishingiz kerak. Eng ko‘p mehrga muhtoj inson aslida o‘zingizsiz.
🔹 E varianti –Ma’yus yuz
Siz juda chuqur, juda hissiyotli lekin shu bilan birga juda ta’sirchan insonsiz. O‘zingizni osonlikcha ochmaysiz ammo kimnidir sevsangiz — butun yuragingizni berasiz. Ichki yolg‘izligingiz ba’zida sizni charchatadi. Odamlar sizni tushungandek tuyuladi,ammo aslida haqiqiy “siz”ni juda ozchilik biladi. Sokinligingiz ortida esa butun bir olam saqlangan.

Hissiy yaralarimizni yaxshilash degani  tuyg‘ularimizni unutishimiz kerak degani emas.Yaxshilanish degani vaqtni orqaga ...
23/10/2025

Hissiy yaralarimizni yaxshilash degani tuyg‘ularimizni unutishimiz kerak degani emas.Yaxshilanish degani vaqtni orqaga qaytarish degani emas. Yaxshilanish degani o‘zingizda yangi kuch va qadrli narsalarni kashf qilib uni shakllantirish deganidir.

Siz hissiy yaxshilanish uchun nimalarni tajriba qilib ko‘rmoqdasiz? Izohlarda yozib qoldirishni umutmang!!!

22/10/2025

Bola tug‘ilgandan keyin juftliklar orasida uzoqlashish holati juda keng tarqalgan. Ota-ona bo‘lish roli ko‘pincha erkak va ayol rolidan ustun keladi, natijada ular o‘zlarini “er-xotin”dan ko‘ra “ota-ona” sifatida ko‘ra boshlaydi. Bu esa munosabatdagi yaqinlikni susaytiradi. Yangi mas’uliyatlar, charchoq va uyqusizlik tufayli bir-biriga vaqt ajratish qiyinlashadi. Suhbatlar asosan bola haqida bo‘ladi, bu esa hissiy masofani oshiradi. “Meni tushunmayapti”, “o‘zimni yolg‘iz his qilyapman” degan hislar paydo bo‘lishi tabiiy. Tug‘ruqdan keyingi gormonal o‘zgarishlar va tanadagi o‘zgarishlar ham jismoniy yaqinlikka ta’sir qiladi. Bunday paytda eng muhim narsa — “biz” tuyg‘usini eslab qolish. Kichik bo‘lsa ham birgalikda vaqt o‘tkazish, mehrni oddiy so‘z yoki harakat bilan bildirish, chin dildan suhbatlashish — munosabatni qayta jonlantiradi.

Sizningcha, sog‘lom munosabatda “chegara” qayerda boshlanadi?
21/10/2025

Sizningcha, sog‘lom munosabatda “chegara” qayerda boshlanadi?

20/10/2025

Quyidagi dengiz chig‘anoqlaridan qaysi biri siz uchun eng jozibador? Tanlovingiz sizning xarakter xususiyatlaringizni ochib beradi! 📝

1. Dengiz chig‘anogʻi – Sarguzash sevadigan inson
Sizning ruhiyatingiz kashf etishni yoqtiradi! Yangi tajribalarga ochiqsiz, oddiylik sizga mos emas. Hayotning kutilmagan hodisalari sizni ilhomlantiradi.
2. Dengiz chig‘anogʻi – Tizimli va qat’iy
Qoidalarga amal qilasiz, maqsadlaringizga sodiqsiz va kuchli irodaga egasiz. Ishonchliligingiz bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lolasiz.
3. Dengiz chig‘anogʻi – Amaliy aql va e’tiborli
Siz tafsilotlarga katta ahamiyat berasiz. Atrofingizni sinchiklab kuzatasiz va har doim mantiq asosida qaror qabul qilasiz. Tinch ammo kuchli shaxsiyatingiz bilan ajralib turasiz.
4. Dengiz chig‘anogʻi – Muloyim va hissiy
Sizda empatiya kuchli, boshqalar his-tuyg‘ularini qadrlaysiz. Ichki dunyongiz boy, samimiyligingiz bilan odamlarni o‘zingizga tortasiz.
5. Dengiz chig‘alnogʻi – Quvnoq va moslashuvchan
Sizning ijobiy energiyangiz bilan kirgan joyingiz nurga to‘ladi. Moslashuvchanligingiz va iliqligingiz sababli odamlar siz bilan o‘zini erkin his qilishadi.
6. Dengiz chig‘anogʻi – Chuqur fikrli va ijodkor
Tasavvuringiz keng, fikrlaringiz chuqur. San’atga moyilligingiz kuchli, noodatiy qarashlaringiz bilan diqqatni o‘zingizga jalb qilasiz.

Xulq – bu so‘zsiz signal.Bola “men bilan o‘ynang ”, “meni tushuning” deb, o‘zini tilida gapirishga harakat qiladi. Shuni...
17/10/2025

Xulq – bu so‘zsiz signal.
Bola “men bilan o‘ynang ”, “meni tushuning” deb, o‘zini tilida gapirishga harakat qiladi. Shuning uchun shunchaki bir zum tinglang, quchoqlang va ko‘ziga qarang 👀

Ko‘p hollarda tarbiya emas, tushunishni o‘zigina yetarli bo‘ladi.❤️

16/10/2025

Farzandingizning har bir onini sizning qarashingiz belgilaydi.
Bir voqea, ikki xil munosabat bilan butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin. Bola tarbiyasining eng muhim siri mehr, sabr va qiziqish bilan yondashishdadir.

Tuyg‘ular — dushman emas ular sizni ogohlantiruvchi signal. Ular sizni jazolash uchun emas, sizni tushunish uchun keladi...
15/10/2025

Tuyg‘ular — dushman emas ular sizni ogohlantiruvchi signal. Ular sizni jazolash uchun emas, sizni tushunish uchun keladi. Agar siz yig‘lamasangiz — tana yig‘laydi. Agar siz gapirmasangiz — tana og‘riq bilan gapiradi. Shuning uchun o‘zingizni tinglashni o‘rganing. His qilish — kuchsizlik emas bu tiriklik alomati. 🌿

Xo‘sh, siz ko‘proq qaysi tuyg‘uni ichingizda tutasiz?

14/10/2025

1. Kishini tanlagan bo‘lsangiz:
Siz sokin, o‘ylab ish qiladigan va kuzatuvchan odamsiz.
Odamlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondashasiz, har bir narsani tahlil qilmasdan qaror chiqarmaysiz.
O‘zingizga vaqt ajratishni yoqtirasiz va hissiy barqarorlik siz uchun juda muhim hisoblanadi.

2. Kishini tanlagan bo‘lsangiz:
Siz serg‘ayrat, ijtimoiy va ochiq fikrli insonsiz.
Odamlar bilan muloqot qilishni va yangi muhitga tez moslashishni yoqtirasiz.
Doimo yangi tajriba va imkoniyatlarni izlaysiz hamda sarguzashtlardan qo‘rqmaysiz.

3. Kishini tanlagan bo‘lsangiz:
Siz ijodkor, erkin ruhli va sezgir insonsiz.
O‘zingizning yo‘lingizni topishni yoqtirasiz va boshqalar nima deyishini uncha e’tiborga olmaysiz.
Ichki dunyongiz boy, va ba’zida boshqalardan boshqacha fikrlaysiz.

4. Kishini tanlagan bo‘lsangiz:
Siz yetakchi, jiddiy va mas’uliyatli odamsiz.
Atrofingizdagi odamlar sizga ishonadi va ko‘pincha nazorat sizning qo‘lingizda bo‘ladi.
Rejali va maqsadga yo‘naltirilgan odamsiz, xavfli vaziyatlarni esa ehtiyotkorlik bilan baholaysiz.

Address

Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Psixologiya Dunyosi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Share

Share on Facebook Share on Twitter Share on LinkedIn
Share on Pinterest Share on Reddit Share via Email
Share on WhatsApp Share on Instagram Share on Telegram

Category