19/03/2025
Agar ortiqcha vazndan halos bo‘lsak (biz erkaklarda), testosteronimiz OSHADI 🚀
Mana sizga Dr. Shoxrux tomonidan 15 ta maslahat (ayollar uchun ham mos keladi)🔥
1. Ko‘proq suv iching
Suv moddalar almashinuvini tezlashtiradi va ochlik hissini kamaytiradi. Ovqatlanishdan oldin suv ichish iste’mol qilinadigan ovqat miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
2. Porsiyalarni kichraytiring
Ovqat miqdorini nazorat qiling. Vizual jihatdan ko‘proq ovqat yeyayotgandek tuyulishi uchun kichik likopchalardan foydalaning.
3. Sekin ovqatlaning
Sekin ovqatlanish tezroq to‘yish hissini beradi va ortiqcha yeyish ehtimolini kamaytiradi.
4. Nonushta qiling
Nonushta moddalar almashinuvini faollashtiradi va kun davomida ortiqcha ovqat yeyishning oldini oladi. Sog‘lom mahsulotlarni tanlang: suli yormasi, tuxum yoki qatiq.
5. Har bir taomga oqsil qo‘shing
Oqsil uzoq vaqt to‘q tutadi va moddalar almashinuvini tezlashtiradi. Ratsioningizga baliq, tovuq, tuxum, dukkaklilar va yong‘oq qo‘shing.
6. Shirinlik va un mahsulotlarini kamaytiring
Shirinlik va qandolat mahsulotlari ko‘p kaloriyaga ega, lekin foydali moddalarga kambag‘al. Ularni meva, rezavorlar yoki yong‘oqlar bilan almashtirishga harakat qiling.
7. Har bir ovqatga sabzavot qo‘shing
Sabzavotlar tola, vitamin va minerallarga boy bo‘lib, kam kaloriyaga ega. Ular ortiqcha kaloriyalarsiz to‘q tutishga yordam beradi.
8. Jismoniy faollik bilan shug‘ullaning
Doimiy mashg‘ulotlar ozishga yordam beradi. O‘zingizga yoqadigan sport turini tanlang: yugurish, suzish, yoga, raqs va hokazo.
9. Yetarlicha uxlang
Uyqu yetishmovchiligi ishtahani oshirishi va zararli ovqatlarga moyillikni kuchaytirishi mumkin. Kuniga 6-7 soat uxlashga harakat qiling. Ayniqsa soat 22:00 dan 01:00 gacha bo‘lgan vaqtdagi uyquga jiddiy qarang.
10. Stressni boshqaring
Stress ko‘pincha ortiqcha ovqatlanishga olib keladi. Dam olishning turli usullarini toping: meditatsiya, kitob o‘qish, tabiatda sayr qilish.
11. Ovqatlanishni oldindan rejalashtiring
Haftalik menyu tuzish zararli mahsulotlarni sotib olishdan qochishga yordam beradi. Uyda ovqat tayyorlang va o‘zingiz bilan olib yuring.
12. Kaloriyalarni nazorat qiling
Kunlik ovqatlanish kundaligini yuriting va qancha kaloriya iste’mol qilayotganingizni nazorat qiling. Kaloriya hisoblovchi ilovalardan foydalaning.
13. Alkogoldan voz keching
Alkogolli ichimliklar ko‘p bo‘sh kaloriyaga ega va ishtahani oshiradi. Alkogolni umuman ichmaslik foydali bo‘ladi.
14. Hamfikrlarni toping
Agar sizga yaqin do‘stlar, oila yoki fikrdoshlar yordam bersa, ozish jarayoni osonroq kechadi. Maqsadlaringiz va yutuqlaringizni ularga aytib turing.
15. Sabrli bo‘ling
Ortiqcha vazndan halos bo‘lish vaqt va sabr talab qiladi. Tez natijalarni kutmang. Muhimi – har kuni oz bo‘lsa ham oldinga qadam tashlash va taslim bo‘lmaslikdir.
🔥Foydali bo‘lsa, layk bosing va do‘stlaringiz bilan bo‘lishing!🔥
Sizning 👉🏼 👈🏼